26.10.2018, 12:40

Jahon chempionati boshlandi: Chusovitina ikki yo'nalishda, Turobova esa ko'pkurash bahslarida ishtirok etadi


Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo'yicha 48-jahon chempionati start oldi. Mazkur jahon chempionati sportning ushbu turi bo'yicha Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga litsenziya beruvchi dastlabki musobaqadir.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Akobir Hamroqulov, Husniddin Abdusamatov, Bobur Toshpo'latov kabi sportchilarimiz himoya qilmoqdalar.

Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa afsonaviy Oksana Chusovitina tayanib sakrash va xodadagi mashqlar yo'nalishida bahslarga kirishadi. Ushbu nufuzli musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotgan Sabina Turobova esa ko'pkurash bellashuvlarida o'z omadini sinab ko'radi.

Читайте также:

Oksana Chusovitina Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Oltin! Chusovitina Tokiodagi Olimpiya o'yinlari uchun muhim qadamni tashladi

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi

Badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda