11.07.2019, 19:00

Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar

Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to'rt yo'nalish bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra eng ko'p ovoz to'play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

Joriy yildan e'tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o'z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o'zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko'rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o'rinda ko'rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o'rindagilar 2 va 1 ochkolik bo'ladi.

Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo'lib, birinchi o'rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo'lga kiritadi. Yakunda eng ko'p ball to'plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e'tirof etiladi.

Ortda qolgan iyun oyida Superligada 3ta tur uchrashuvlari o'tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'ldi. 

Quyida oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati taqdim etiladi:  

Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Dragan Cheran

Paxtakor

3 o'yin, 5 gol + 1 pas

Jaloliddin Masharipov

Paxtakor

3 o'yin, 5 pas

Humoyun Murtazoev

Nasaf

3 o'yin,  2 gol

Timurxo'ja Abduxoliqov

Lokomotiv

3 o'yin,  2 gol

Mavzu bo'yicha:

Iyun oyining eng yaxshi darvozaboni bo'lishga nomzodlar

Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar

Dragan Cheran – May oyining eng yaxshi futbolchisi

Aprel oyining eng chiroyli goliga ovoz berish jarayoni boshlandi

2019 yilda oyning eng yaxshilariga Artel smartfonlari taqdim etiladi