14.01.2020, 22:30

Italiya kubogi. «Napoli» chorak finalga yo'l oldi

Italiya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida bugun navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tmoqda. «Napoli» o'z uyida «Perudja»ni qabul qilib, ishshonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Bahsning 26 va 38-daqiqalarida quyi liga jamoasi darvozasi tomon penalti belgilandi. Lorentso Insine ularni aniq amalga oshirdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda neapolliklar darvozasi tomon ham 11 metrli jarima zarbasi belgilangan edi. Mehmonlar yarim himoyachisi Petro Yemmello penaltidan samarali foydalana olmadi.

Shu tariqa, Gattuzo jamoasi chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Italiya kubogi, nimchorak final
Napoli – Perudja 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 26, penalti Insine, 2:0 – 38, penalti Insine.
Noaniq penalti: Yemmello (45+7, "Perudja")
Napoli – Ospina, Di Lorentso, Xyusay, Manolas, Mariu Ruy, Zelinski (Allan, 84), Fabian Ruis (Demme, 65), Insine, Elmaz, Losano (Kalexon, 75), Lorente.
Perudja – Fulinyati, Sgarbi, Domber, Rozi, Nzita, Karraro (Konate, 71), Falasko, Faltserano, Yemmello (Melkorri, 62), Falchinelli, Buonayuto (Dragomir, 55).
Ogohlantirishlar: Faltserano (31), Yemmello (37), Domber (56), Fabian Ruis (62).



Manba: std.uz

Mavzu bo'yicha:

Italiya kubogi. 1/8 finala. «Napoli» – «Perudja» (tarkiblar)

A seriya. Immobile «Latsio»ga g'alaba keltirdi

A seriya. «Latsio» - «Napoli». Tarkiblar ma'lum

A seriya. «Napoli» – «Inter». Tarkiblar ma'lum

A seriya. Gollar shousida «Napoli» «Fiorentina»ni mag'lub etdi (videosharh)