17.05.2019, 17:30

Istanbulda karate bo'yicha «A seriya» musobaqasi start oldi


Bugun Turkiyaning Istambul shahrida karate bo'yicha “A seriya” turkmiga kiruvchi musobaqa start oldi. Tokio Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.

Reglamentga ko'ra, bugun kata, 18-19 may kunlari esa kumite yo'nalishi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga eng optimal tarkib bilan yo'l oldi. Musobaqada ishtirok etuvchi hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Kata
Hamdamjon Shodibekov

Kumite, erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-60 kg: Bekzod Tuyg'unov
-67 kg: Sanjar Abdukarimov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Jahonshoh Ibrohimov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
+84 kg: Suhrobbek Rustamov

Ayollar:
-50 kg: Bahriniso Babaeva
-55 kg: Sevinch Rahimova
-61 kg: Barno Mirzaeva
-68 kg: Dildor Annadurdieva
-68 kg: Dilnoza G'anieva

Читайте также:

Bugun Frantsiyada karate bo'yicha «Premer-Liga» musobaqasi start oladi

Karatechilarimiz Parijdagi «Premer-Liga» turniriga yo'l olishdi

Karatechilarimiz Parijdagi Premer-Liga turnirida ishtirok etadilar

Shanxayda karate bo'yicha turnir boshlandi

Bugun karatechilarimiz Shanxay turnirida ishtiroklarini boshlaydilar