19.10.2018, 20:50

Ispaniya kubogi. «Real» 1/16 final bosqichida Afrika klubiga qarshi o'ynaydi

Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qiziq tomoni, Madridning "Real" klubi bu bosqich o'ynini o'tkazish uchun Afrika qit'asiga tashrif buyuradigan bo'ldi. Boisi, madridliklarga raqib bo'lgan «Melilya» Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi anklavi jamoasi hisoblanadi.

Ispaniya kubogining amaldagi g'olibi — «Barselona» klubi «Kultural Leonsa» bilan, «Atletiko» Kataloniyaning «Sant-Andreu» klubiga qarshi, «Valensiya» esa «Ebro» bilan o'ynaydigan bo'ldi.

Dastlabki o'yinlar 31 oktyabr, javob bahslari 5 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

Ispaniya kubogi, 1/16 final
«Kultural Leonesa» – «Barselona»
«Ebro» – «Valensiya»
«Sant-Andreu» – «Atletiko»
«Melilya» – «Real»
«Vilyanovense» – «Sevilya»
«Rasing» – «Betis»
«Almeriya» – «Vilyarreal»
«Malorka» – «Valyadolid»
«Kadis» – «Espanol»
«Lugo» – «Levante»
«Alaves» – «Jirona»
«Sporting» Xixon – «Eybar»
«Kordoba» – «Xetafe»
«Atletik» – «Ueska»
«Leganes» – «Rayo Valekano»
«Selta» – «Real Sosedad»

Mavzu bo'yicha:

Klublar o'rtasidagi JChga qur'a tashlandi

Evropa ligasi. Guruh bosqichi ishtirokilari qur'a savatchalariga joylashdilar

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum

Evropa Ligasi saralash pley-offlariga qur'a tashlandi

La liga. Yangi mavsum "El-klasiko"si oktyabrda bo'ladi (foto)