14.01.2020, 15:00

Islom Qobilov: «Murabbiylar penaltini menga ishonib topshirishgan»

Olimpiya terma jamoamiz futbolchisi Islom Qobilov AFC rasmiy sayti uchun kichik intervyu berdi. Sardorimiz Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o'yindan oldingi fikra va mulohazalari bilan o'rtoqlashib o'tdi.

Birinchi o'yindagi durangdan keyin, baribir bir ochko qo'lga kiritdik. Guruhdagi asosiy raqibimiz Janubiy Koreya Eronni mag'lubiyatga uchratgach, bizda imkoniyat yanada ko'paydi. Endilikda barchasini Janubiy Koreya bilan o'yin hal etadi. Qaysidir ma'noda guruhdagi ahvolimiz bizga ruhiy ustunlik taqdim etmoqda.

Jamoa sardori bo'lganim uchun ham ma'suliyatni o'z bo'ynimga olishga o'rganganman. Shu sababli, ham penaltini o'zim amalga oshirayotgan edim. Aslida, bu borada mashg'ulotlar chog'ida uzoq ishlaymiz. Murabbiylarning zarbani enga ishonib topshirgani uchun ham zarbalarni amalga oshiryapman. Xitoy bilan o'yinda birinchi penaltini amalga oshirayotganimda qaysi nuqtaga zarba berishni odindan hal etib bo'lgan edim. Ikkinchi penaltida esa, ozgina ikkilanish bo'ldi. To'g'risi, shu boshqa hech qanday omil ta'sir o'tkazgani yo'q.

O'zbekiston futboli tarixidagi eng ulkan maqsad ayni damda bizning elkamizga yuklatilgan. To'gri, terma jamoamiz JCh saralashida ishtirok etmoqda, biroq ularning yakuniy bosqich o'yinlari hali oldinda. Ayni damdagi barchaning nigohi bizga qaratilgan. Futbolimiz tarixida hali bu marra zabt etilmagani bois, bu bizga ulkan ma'suliyat yuklaydi.



Manba: std.uz

Mavzu bo'yicha:

Janubiy Koreya O'zbekistondan cho'chiyaptimi?

Son Janubiy Koreyada yil o'yinchisi deb topildi

O'rtoqlik uchrashuvi: O'zbekiston OTJ Janubiy Koreyaga yutqazdi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Janubiy Koreya bilan bugungi o'yini uchun tarkibi e'lon qilindi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi