22.02.2019, 08:20

«Inter» Rakitichga «Barselona»ga nisbatan ko'proq maosh to'lamoqchi


«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich «Inter»ga o'tishi kutilmoqda. Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra, milanliklar futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishadi.

Kelishuv amalga oshsa, xorvatiyalik futbolchi yiliga 6,5 million evro maosh ola boshlaydi. Rakitichning "Barsa"dagi maoshi 5 million evroni tashkil qiladi.

Shuningdek, Rakitichning transfer summasi 40 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Читайте также:

«Inter» Rakitich uchun taklif qilayotgan mablag' miqdori aniq bo'ldi

Ivan Rakitich boshqa jamoaga o'tishga qaror qildi

Evropaning eng ko'p maosh oladigan futbolchilari e'lon qilindi

«Barselona» Pogbaning transferidan voz kechishi mumkin

Ronaldu – A seriyaning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi (+top-20)