13.07.2019, 01:00

"Inter" Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Avvalroq, Roma Barellani sotib olishga rozi bo'lganligi haqida ma'lumot bor edi, lekin Nikolo faqat "Inter" uchun o'ynashni xohladi.

Nikolo Barella rasman "Inter" futbolchisiga aylandi, deya xabar beradi jamoaning rasmiy sayti.

Italiyalik futbolchi milanliklar safida bir yillik ijara asosida to'p suradi va mavsum oxirida klub futbolchining transfer huquqini sotib olishga tayyor.

Ma'lumot o'rnida, shartnoma bo'yicha hamkorlik muddati 5 yil bo'ladi.

Shuningdek, "Inter" futbolchi uchun 45 mln evro to'laydi.

Mavzu bo'yicha:

Barella «Inter»da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Rasman! Lazaro "Inter" futbolchisi

Inter» «Barselona» futbolchisini sotib olishga tayyor

«Inter» italiyalik «vunderkind» uchun ikkita futbolchisini bermoqchi

Milan klublari bir futbolchi uchun kurashishadi