29.08.2018, 15:50

Inchxondagi natija yangilandi, O'zbekistonda 10-oltin medal!

Dzyudo bo'yicha Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan Diyorbek O'rozboev musobaqa g'olibiga aylandi. 

Diyorbek finalda yaponiyalik Toru Shishimega qarshi gilamga chiqdi va oltin maho evaziga raqibini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Shu tariqa, O'zbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 10 taga etdi, terma jamoa umumiy ro'yxatda 1 o'ringa yuqoriladi va onlayn jadvalda 8-o'rinni egallab turibdi. 

Ma'lumot o'rnida, bu yilgi musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar oltin medal to'plash bo'yicha Inchxon-2014 musobaqasidagi natijani yangiladilar.

Vakillarimiz 4 yil avvalgi Osiyo o'yinlarida 9 ta oltin medal yutishgan. Umumjamoa hisobida esa 45 ta medal olib, musobaqani 11-o'rinda yakunlaganlar.

Mavzu bo'yicha:

Osiyo O'yinlari-2018. O'zbekistonning «oltin»lari 10taga etdi!

Osiyo o'yinlari. Ruslan Nuriddinovda oltin va rekord!

Osiyo o'yinlari. Denis Istomin musobaqa g'olibiga aylandi

O'zbekiston bayrog'i bir kunda ikki marta yuqoriga ko'tarildi, medallar esa 4 taga ko'paydi (video)

Osiyo o'yinlari. Oltin medallarimiz bittaga ko'paydi