13.07.2019, 19:00

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun o'zaro kurash olib borishadi


Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari davom etadi. E'tiborlisi, ushbu kun dasturi ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo'ldi.

-73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayogan Hikmatilloh To'raev hamda G'iyosjon Boboev musobaqaning bronza medali uchun o'zaro kurash olib borishadi. To'raev musobaqa doirasida dastlab Meksika, Vengriya, Gretsiya vakillaridan ustun kelib, yarim finalda kosovolik Akil Gyakovaga shidolar bo'yicha imkoniyatni boy berib qo'ydi. Boboev esa chorak finalda mag'lubiyatga uchragach, o'tish bahsidagi g'alabasi evaziga shohsupaga ko'tarilish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa ikki dzyudochimiz Gran-prining bronza medali uchun o'zaro to'qnash keladilar. Bu vaziyat terma jamoamiz hisobida yana bir bronza medali bo'lishini ta'minlaydi. Eslatib o'tamiz, kechagi kuni dasturida Shahram Ahadov (-66 kg) shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olgan edi.

Читайте также:

Budapesht Gran-prisining ikkinchi kunida ham besh nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi

Shahram Ahadov Budapesht Gran-prisida bronza medalini qo'lga kiritdi

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib borishadi

Sharofiddin Lutfullaev Gran-pri bronza medali uchun kurashadi

Bugungi bahslarda ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurashadi