12.07.2019, 21:30

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib borishadi


Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. Ayni paytga kelib, kechki dasturda kurash olib boruvchi sportchilar nomi aniq bo'ldi.

E'tiborlisi, ushbu dasturda ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. -60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Lutfillaev shohsupaga ko'tarilish uchun Xitoy Taipeyi vakili Yung Vei Yan bilan bahs olib borsa, -66 kg. vazn toifasida Shahram Ahadov isroillik Tal Fliker bilan ro'baro keladi.

Har ikki vakilimiz ham yarim finalgacha etib kelishdi, biroq hal qiluvchi bellashuv uchun kechgan kurashda ikkisi ham mo'g'ulistonlik dzyudochilarga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Dzyudochilarimiz kechki dasturni g'alaba bilan yakunlay olishsa, Gran-prining bronza medali bilan birga Tokio Olimpiadasi uchun 350 reyting ochkosiga ham ega bo'lishadi.

Читайте также:

Keldiyorova finalda, Lutfillaev bronza medali uchun kurashadi

Muhammadkarim Xurramov Tbilisi Gran-prisining bronza medali egasiga aylandi

Sharofiddin Lutfullaev Tbilisi Gran-prisining bronza medalini qo'lga kiritdi

Sharofiddin Lutfullaev Gran-pri bronza medali uchun kurashadi

Bugungi bahslarda ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurashadi