14.07.2019, 16:30

Ikardi – "Inter"ga: "Yana ikki yil shu erda qolaman, maoshlarimni olaman va hech qaerga ketmayman"


"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi klub tomonidan taktik mashg'ulotlardan chetlatilishidan xafa bo'ldi.

Shanba kuni argentinalik futbolchi "neradzurri"ning Shveytsariyadagi yig'ini tark etib, mashg'ulotlarini Milanda davom ettirishi ma'lum qilingan edi.

26 yoshli futbolchi "Inter"ning bu qaroriga shartnomasining oxirgi muddatigacha klubda qolish bilan po'pisa qildi.

"Yana ikki yil shu erda bo'laman, maoshlarimni olaman va hech qaerga ketmayman", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi La Repubblica.

Ikardiga "Yuventus" va "Napoli" tomonidan qiziqishlar bo'lgan.

Читайте также:

Ikardi «Inter» dan ketmoqchi emas

Konte Nainggolan va Ikardini "Inter"ning taktik mashg'ulotlariga qo'ymayapti

De Laurentis: Ikardi "Napoli" kerak emas"

"Yuventus" Ikardiga yillik 8,5 mln evro maosh bermoqchi

"Napoli" Ikardiga yiliga 9 mln evro maosh taklif qildi