13.07.2019, 18:20

Iguain ketishga ko'nmaganidan so'ng "Yuve" boshqa hujumchisini sotmoqchi


"Yuventus" klubi 19 yoshli hujumchi Moyze Kin bilan xayrlashishi mumkin.

Yosh futbolchining sotilishiga argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainning klubdan ketishdan bosh tortgani sabab bo'lmoqda.

"Milan" va "Chelsi"da omadsiz mavsumlarni o'tkazib qaytgan Iguain turinliklar safini tark etmoqchi emas. U o'zning nimalarga qodirligini jamoaning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarriga isbotlamoqchi, shuning uchun "Roma" va "Vest Hem" klublaridan tushgan takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.

Shu sababli "Yuventus" Kinni to'liq sotmoqchi yoki ijaraga bermoqchi. Bu futbolchiga "Everton" va "Ayaks" klublari qiziqmoqda. Futbolchining otasi o'g'lining "Inter"da o'ynashini istamoqda.

Читайте также:

Iguain shaxsiy murabbiy yolladi va yoz bo'yi shug'ullanib, Sarriga o'zini ko'rsatmoqchi

Gonsalo Iguain "Roma"ga kerak

Gonsalo Iguain "Roma"ga o'tishi mumkin

Yakuniy qaror: Iguain "Chelsi"dan ketadi

Iguain "Chelsi"ga rasman so'rov yubordi