17.05.2019, 10:20

Harbiy polvonlar bahsi


Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligi sport majmuasida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari o'rtasida milliy sport turi – kurash bo'yicha chempionat o'tkazildi.   Mudofaa vazirligi sport klubi tomonidan o'tkazilgan mazkur musobaqada ishtirok etgan harbiy polvonlar etti vazn toifasida g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashdi.   67723_680.jpg   Chempionatning yakkalik bahslarida vazni 60 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar o'rtasida barcha raqiblarini enggan Mudofaa vazirligi jamoasi a'zosi Rahmon Jumaev musobaqa g'olibi, deya e'tirof etilgan bo'lsa, 66 kilogrammgacha vaznda Ichki ishlar vazirligi jamoasi a'zosi Aziz Rajabov oltin medalni qo'lga kiritdi.   Shuningdek, Nuriddin Tillavoldiev (IIV), Sanjar To'xtashev (IIV), Davlat Bobonov (MV), Shoberdi Rustamov (MG) Dilshod Samadov (IIV) o'z vazn toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.   Keskin va murosasiz o'tgan jamoaviy bahslarda Mudofaa vazirligi terma jamoasi 1-o'rinni egalladi. Ushbu yo'nalishda Ichki ishlar vazirligi jamoasi ikkinchi, Milliy gvardiya terma jamoasi uchinchi pog'onadan joy oldi.

Читайте также:

Armiya qo'l jangi bo'yicha kuchlilar saralandi

Kurash bo'yicha jamoalar o'rtasida O'zbekiston kubogi boshlandi

Umid Ahmadjonov: «Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarning hissalari katta»

Ruslan, Nadiya, Vadim: Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan harbiy sportchilar taqdirlandi (foto)

O'zbekiston Mudofaa vazirligida Osiyo o'yinlariga yo'l olgan armiya sportchilariga omad tilashdi