14.06.2019, 11:30

«Hammasi uchun raxmat, boss!» – Maradona «Dorados»ni tark etdi


“Dorados” bosh murabbiyi Diego Maradona sog'lig'ida muammolar borligi tufayli o'z lavozimini tark etdi.

58 yoshli mutaxassis yaqin vaqt ichida tizzasi va elkasini operatsiya qildiradi.

Maradona Meksikaning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan “Dorados” klubini sentyabr oyida qo'l ostiga oldi.  U o'z jamoasini apertura va klausuraning final bosqichiga olib chiqdi.

“Hammasi uchun raxmat, boss! Tezroq sog'aying yaqinda ko'rishamiz!”, - deb post qoldirdi “Dorados”ning rasmiy tvitter sahifasi.

Читайте также:

Maradona shifoxonaga yotqizildi

Maradona 4-kundirki o'zi boshqaradigan jamoa mashg'ulotiga kelmayapti

Maradona "Dorados" mag'lubiyatidan so'ng muxlislar bilan mushtlashishiga oz qoldi (video)

Maradona «qovun tushirdi»: u o'z jamoasining o'yini paytida uxlab qoldi! (video)

Maradona Meksikaning 2-divizioni jamoasini boshqaradi