02.11.2018, 21:10

Gvardiola: «Barselona»dan ketganimdan keyin hech qachon Messini sotib olishga harakat qilmaganman»


«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona» hujumchisi Lionel Messini sotib olishga harakat qilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Avvalroq «Siti» 2017 yilda argentinalik futbolchiga 50 million evro yillik maosh taklif qilgani haqida xabar tarqalgandi.

«Barselona»ni tark etib, «Bavariya»ga yo'l oldim, shundan so'ng «Manchester Siti» bilan shartnoma imzoladim. Bu vaqt mobaynida Messidan hech qachon mening jamoamga o'tishini so'ramaganman. Bu jamoalar rahbariyatidan hech qachon Leoni sotib olishlarini talab qilmaganman.

Lionel «Barselona» uchun qanchalik muhim o'yinchi ekanini bilaman. Menga bu futbolchi kerakligini ta'kidlamaganman. Hech qachon. Uning «Barsa»dan qolishini istayman. Buni ming marta aytganman», – dedi Gvardiola.

Читайте также:

Modrich: «Hech qachon Messi bilan bir jamoada o'ynamayman»

«Manchester Siti» prezidenti: «Messiga «Barsa»dagi maoshiga nisbatan 3 baravar ko'p pul taklif qildik»

«Barselona» Pogbaning transferidan voz kechishi mumkin

Angliya Liga kubogi 3-bosqichi juftliklari aniq bo'ldi

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum