26.02.2019, 14:50

Grizmann: «Frenki de Yong — faoliyatimda duch kelgan eng murakkab raqib»


«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann «Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Faoliyatimdagi eng murakkab raqib? Men Frenki de Yongni aytgan bo'lardim. Boisi, men unga bosim o'tkazishga harakat qilgandim, ammo bu ishni uddalay olmaganman», — dedi Grizmann Goal.com'ga bergan intervyusida.

Grizmann va de Yong UEFA millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Frantsiya va Gollandiya terma jamoalari tarkibida ikki marta o'zaro to'qnash kelishgan.

Eslatib o'tamiz, de Yong yozda «Barselona» safiga qo'shiladi. Kataloniyaliklar qishki transfer paytida uning transferini 70 mln. evrodan ortiqroqqa sotib olishdi.

Читайте также:

Frenki de Yong Messi haqida fikr bildirdi

Frenki de Yongning «Barselona»dagi tovon puli aniq bo'ldi

Frenki de Yong: «Barselona»da oddiy yo'lovchi bo'lmayman»

«Barselona» «Ayaks»ning ikki futbolchisi uchun katta mablag' sarflashga tayyor

«Barselona» qishda 3 nafar kuchli futbolchidan birini sotib oladi