04.09.2018, 18:10

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Afg'oniston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi


Oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 

Afg'oniston futbol federatsiyasi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga har ikki mamlakat terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini tashkil etish borasida taklif bilan chiqdi. O'FA mazkur taklifga ijobiy javob berdi va shu tariqa 12-13 oktyabr sanalarida poytaxtimizda O'zbekiston hamda Afg'oniston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkaziladigan bo'ldi. 

Ta'kidlab o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 20-23 oktyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Afg'onistonga qarshi bo'ladigan uchrashuvlar mazkur musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Читайте также:

O'zbekiston MTJ - Suriya MTJ o'rtoqlik uchrashuvi chiptalari sotuvi davom etmoqda

O'zbekiston – Suriya o'rtoqlik o'yinlari chiptalari 29 avgustdan sotuvga chiqadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi