22.02.2019, 08:50

Frenki de Yong Messi haqida fikr bildirdi


«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Barselona» sardori Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Yanvar oyida kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolagan futbolchi yozda "Kamp Nou" kelib qo'shiladi.

«Messi bilan birga o'ynash imkoniyatiga ega bo'layotganimdan hayratdaman. Bu lahzalarni intizorlik bilan kutyapman. Nazarimda, u barcha zamonlarning buyuk futbolchisi. Unga ta'rif berish qiyin. O'ylaymanki, u mukammal futbolchi.

U to'p bilan ham, to'psiz ham barcha ishni amalga oshirishga qodir. U ko'p vaziyatlar yaratadi. Uning chap oyog'iga gap yo'q. U juda aqlli. Butunlay boshqa daraja», – dedi de Yong.

Читайте также:

Frenki De Yong: «PSJ yaxshi variant edi, biroq «Barselona» ...»

Frenki de Yongning «Barselona»dagi tovon puli aniq bo'ldi

Frenki de Yong: «Barselona»da oddiy yo'lovchi bo'lmayman»

Xavi: «Messi 40 yoshgacha o'ynay oladi»

De Yong Messi bir jamoada o'ynamoqchi