19.04.2019, 21:30

Frenki de Yong: «EChLda «Barselona»ni mag'lub etishdan uyalmagan bo'lardim»


«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yong Evropa chempionlar ligasi finalida «Barselona» bilan uchrashish ehtimoli yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bunday variant haqida o'yladim. Bu maxsus hodisa bo'lardi. Lekin hozirda bizga kim raqib bo'lishining men uchun ahamiyati yo'q. Men hozircha «Ayaks» o'yinchisiman va «Ayaks» g'alaba qozonishini istayman. Xuddi «Real»ni mag'lub etganimiz kabi «Barselona»ni mag'lub etishdan uyalmagan bo'lardim», – dedi de Yong.

Frenki de Yong yozda «Barselona» safiga kelib qo'shiladi. Kataloniyaliklar gollandiyalik futbolchi 75 million evro to'lashdi. EChLning yarim finalida «Ayaks» «Tottenxem» bilan o'ynasa, «Barselona» «Liverpul» bilan to'qnash keladi.

Читайте также:

«O'ylaymanki, de Yong «Yuventus»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi»

Frenki de Yong: «Barselona» bilan shartnoma imzolaganimda, «Real»ni EChLdan chiqarib yubor», deyishgandi»

Grizmann: «Frenki de Yong — faoliyatimda duch kelgan eng murakkab raqib»

Frenki de Yong Messi haqida fikr bildirdi

«Barselona» «Ayaks»ning ikki futbolchisi uchun katta mablag' sarflashga tayyor