Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 15:05
KirishRo'yxatdan o'tish
Flik: “Men yigitlardan yuqori darajada ishtiyoq kutyapman“
  23 Fevral, 13:40  3

.

“Bavariya“ bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Latsio“ga qarshi bo'lib o'tadigan dastlabki o'yin haqida fikr bildirdi.

“Chempionlar Ligasi turnirida, har doim o'zingizni eng yaxshi tomondan namoyish etishingiz kerak. Bu har qanday klub uchun ahamiyatli uchrashuvlar. Men yigitlardan yuqori darajadagi ishtiyoq kutmoqdaman.

Biz qanday o'ynashni xohlayotganimiz haqida aniq tasavvurga egamiz. Men o'z jamoamga to'liq ishonaman. Ba'zi futbolchilarda kichik jarohatlar bor. shu jumladan Zyuleda ham. U bir kun dam oldi. Lekin u jamoa bilan Rimga boradi“, - deydi Flik.

Eslatib o'tamiz, “Latsio“ “Bavariya“ uchrashuvi 23 fevral, seshanba kuni bo'lib o'tadi. , Rimdagi “Olimpiko“ o'yingohida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»