Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:21
KirishRo'yxatdan o'tish
Flik: «Men yutqazishni yoqtirmayman»
  8 Aprel, 11:15  12

.

«Bavariya» ustozi Xans-Diter Flik «PSJ» ga qarshi o'yin(2:3)dan so'ng, fikr bildirdi.

«Raqiblarda deyarli imkoniyat bo'lmadi, lekin ular uchta gol urishdi, bizda esa ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi lekin ulardan foydalanish maksimal darajada emasdi. Ammo men hali ham o'z o'yinimizdan mamnunman.

«Bavariya» 90 daqiqa kurashadi. Bu bizni boshqalardan ajratib turadigan fazilatdir. Maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar tobora kamayib bormoqda, ammo biz vaziyatdan maksimal darajada foydalanyapmiz.

Biz ko'plab imkoniyatlarni yaratdik, ajoyib futbol namoyish etdik. Men yutqazishni yoqtirmayman. Agar bu mumkin bo'lsa, keling shunday yaxshi o'yin bilan ham mag'lub bo'lamiz.

Agar biz PSJ bilan o'yinimizni baholasak, unda Parijdagi javob uchrashuvini pozitiv kayfiyatda kutishimiz mumkin», - dedi germaniyalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»