17.08.2018, 10:01

FIFA vakili «Forward» dasturi bo'yicha yurtimizga tashrif buyurdi

FIFAning Dasturlar bo'yicha koordinatori Andrey Vashkevich yurtimizga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan "Forward" dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo'ldi.   Uch kun davomida FIFA vakili turli sport ob'ektlarida bo'lib, "Forward" dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi. Jumladan, "Chig'atoy" sport bazasida barpo etilayotgan sun'iy qoplamali maydonning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, "Milliy" stadionni borib ko'rdi.

Bundan tashqari, Andrey Vashkevich O'FAda mutasaddilar va bo'lim boshliqlari bilan uchrashuv o'tkazib, O'zbekistonda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashdi. Kelgusi rejalar va yangi loyihalar haqida muloqot uyushtirdi.

Mavzu bo'yicha:

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

MOQ rahbari Turkiyada Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o'tkazdi

Ektor Kuper o'zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi

O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda

PFL va La liga hamkorligi doirasidagi 2018 yil so'nggiga qadar rejalashtirilgan tadbirlar rejasi