![]() |
Evropa Chempionlar Ligasining 1/4 final dastlabki bahslari doirasidagi to'rtta o'yin 7 va 8 aprel kunlari bo'lib o'tdi.
UEFA mazkur o'yinlar yakuniga ko'ra, hafta ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Undan «Chelsi»ning to'rt nafar futbolchisi o'rin oldi. Shuningdek, PSJdan uch nafar, «Real» va «Manchester Siti»dan ikki nafardan futbolchi top-11 likdan joy olgan.
UEFA talqiniga ko'ra EChL hafta ramziy (fentezi) terma jamoasi:
Darvozabon: Eduard Mendi («Chelsi»);
Himoyachilar: Markinos (PSJ), Tsezar Aspilikueta, Ben Chiluell (ikkisi «Chelsi»);
Yarim himoyachilar: Meyson Maunt («Chelsi»), Fil Foden, Kevin de Bryuyne (ikkisi «Manchester Siti»), Vinisius Junior, Marko Asensio (ikkisi «Real»);
Hujumchilar: Neymar, Kilian Mbappe (ikkisi PSJ).
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»