04.08.2018, 20:53

Evropa Ligasi. Bugun «Marsel» va «Atletiko» finalda to'qnash keladi


Bugun Frantsiyaning Lion shahrida "Marsel" va "Atletiko" jamoalari Evropa Ligasi finalida o'zaro to'qnash keladilar.

"Marsel" o'z tarixida beshinchi bor evrokuboklar finaliga qadar etib keldi. 1991 yili tarkibida Jan-Per Papen, Kris Uoddl, Abedi Pele, Dide Desham va Faben Bartezlari bo'lgan jamoa Evropa chempionlari Kubogi finalida Serbiyaning "Srvena Zvezda" klubiga yutqazib qo'ygandi. Shundan so'ng marselliklar ikki bor UEFA Kubogi (ELning avvalgi nomi) finalida o'ynadilar: 1999 yilda jamoa Moskvadagi finalda "Parma"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, 2004 yilgi finalda "Valensiya" to'sig'idan o'tolmagan.

Evropa Ligasini guruh bosqichidan boshlagan frantsuzlar pley-offda "Braga" (3:0, 0:1), "Atletik" Bilbao (3:1, 2:1), "RB Leyptsig" (0:1, 5:2) va "RB Zaltsburg" (2:0, 1:2) kabi jamoalarni engib, finalga etib keldilar.

Madridliklar 2010 va 2012 yilda Evropa Ligasida zafar quchishga muvaffaq bo'lganlar. Shundan so'ng jamoa EChLda ham o'zini ko'rsatdi, ikki bor turnir finaliga etib borgan Diego Simeone shogirdlari Evropaning eng nufuzli musobaqasida g'alaba qozona olmadilar, bundan tashqari jamoa bir marta chorak final, yana bir marta yarim finaldan ortga qaytdi.

Ushbu mavsum EChL guruh bosqichida ishtirok etgan "Atletiko" guruhda "Roma" va "Chelsi"dan so'ng uchinchi o'rinni egallab, EL pley-offiga ravona bo'ldi. U erda "matraschilar" "Kopengagen" (4:1, 1:0), "Lokomotiv" (3:0, 5:1), "Sporting" (2:0, 0:1) va "Arsenal" (1:1, 1:0) kabi grandlarni yutib, hal qiluvchi bosqichga etib keldilar.

Bugungi o'yin "Marsel" uchun juda ahamiyatli hisoblanadi. Chunki EL g'olibi keyingi mavsumda EChL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Madridliklar bu yo'llanmani chempionat doirasida qo'lga kiritib bo'ldilar, "Marsel"ning taqdiri esa so'nggi turga qolgan. Hozirda Garsiya shogirdlari EChLga yo'llanma beruvchi 3-o'rindagi "Lion" klubidan 1 ochko ortda bormoqdalar. So'nggi turda jamoa "Amen"ni yutishi bilan bir qatorda, "Lion" – "Nitstsa" uchrashuvida mezbonlarning ochko yo'qotishini kutishga majbur. Biroq barchasini bugungi o'yindagi g'alaba bilan hal qilish mumkin.

"Atletiko"da bugun bitta yo'qotish bor. Jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone diskvalifikatsiya sabab jamoasining o'yinini tribunadan tomosha qilishga majbur.

Bugungi o'yinni Born Kyuypers boshchiligidagi gollandiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 23:45da boshlanadi.

 

Читайте также:

Bugun Frantsiya Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tadi

Luish Figu Evropa Ligasi finalida qaysi klub favorit ekanini aytdi

«Atletiko» «Marsel»ni yirik hisobda engib, Evropa ligasi g'olibiga aylandi

Ispan klublari so'nggi 13 evrokuboklarning 12tasini qo'lga kiritishdi

UEFA Superkubogida tarixda kuzatilmagan voqea yuz beradi