05.11.2018, 13:20

Eshkak eshuvchilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda


1 noyabr kuni akademik eshkak eshish bo'yicha, 2 noyabrda esa baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Toshkent dengizida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdilar.

24 noyabrga qadar davom etadigan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida sportchilarimiz oldinda turgan nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'radilar.

20 nafar akademik eshkak eshuvchilarimiz murabbiylar S.Tyan, T.Isoboev, B.Bobojonov qo'l ostida mashg'ulot olib borayotgan bo'lsalar, A.Ponomarev, R.Mirzadiyarov, V.Sergeev, V.Shubin boshchiligidagi yig'inda 18 nafar baydarkachimiz ishtirok etmoqda.

Читайте также:

Akademik eshkak eshish. Finalni 4-o'rin bilan yakunladik

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Samarqand nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko'rmoqda

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Sportchilarimiz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rishmoqda

Akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda