Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 10:48
KirishRo'yxatdan o'tish
Erkin va yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo licenzion turniridagi raqiblarini bilib olishdi
  8 Aprel, 18:45  8

.

Ertaga Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha Tokio Olimpiadasiga Osiyo licenzion turniri boshlanadi.

Biroz avval musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkazildi. Ushbu licenzion turnirda faqat finalga etib kelgan kurashchilargagina Tokio Olimpiadasining yo'llanmasi taqdim etiladi.    

Qura natijalari. Erkin kurash

57 kg vazn toifasi

1/4 final. G'ulomjon Abdullaev (O'zbekiston) - Kim Sung Gvon (Janubiy Koreya)

65 kg vazn toifasi

1/8 final. Ilyas Bekbulatov (O'zbekiston) - Jamshid SHarifov (Tojikiston)

74 kg vazn toifasi

1/4 final. Bekzod Abdurahmonov (O'zbekiston) - Bat Erdene Byamsuren (Mo'g'uliston)

86 kg vazn toifasi

1/8 final. Javrail SHapiev (O'zbekiston) - Nader Abou (Livan)

97 kg vazn toifasi

1/4 final. Magomed Ibragimov (O'zbekiston) - Muhammad Inam (Pokiston)

125 kg vazn toifasi

1/4 final. Maqsud Veysalov (O'zbekiston) - Sumit Sumit (Hindiston)

Yunon-rum kurashi

67 kg vazn toifasi

1/8 final. Aram Vardanyan (O'zbekiston) - SHogo Takaxashi (Yaponiya)

97 kg vazn toifasi

1/4 final. Jahongir Turdiev (O'zbekiston) - Muhammadhadi Saravi (Eron)

130 kg vazn toifasida vaziyat biroz boshqacha. Ushbu vaznda licenziya uchun Mo'minjon Abdullaev gilamga chiqadi. U yarim final yo'llanmasi uchun o'z guruhida Navin Navin (Hindiston), Roman Kim (Qirg'iziston) va Arata Sonoda (Yaponiya) bilan kuch sinashadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari yarim finalga yo'l oladi. 

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»