13.07.2019, 18:50

Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi

Tailandning Chon Buri shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida erkin kurashchilar ham bahslarga kirishdi.

Bugun o'tkazilgan birinchi kun bellashuvlarida vakillarimiz 2 ta bronza medaliga egalik qilishdi.

-65 kilogarmm vazn toifasida Bobur Islomov hamda -70 kilogrammda kurashgan Mirkamol Beshimov shohsupaga ko'tarilishdi. Islomov bronza medali uchun kechgan bellashuvda hindistonlik raqibini 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Beshimov bu borada mezbon kurashchiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Shu tariqa terma jamoamizning musobaqada jamg'argan umumiy medallari hozircha 1 ta oltin, 4 ta kumush hamda 5 ta bronzani tashkil etmoqda.

Mavzu bo'yicha:

Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatini 3 ta medal bilan yakunlashdi

Kurashchi qizimiz Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi

Chon Buridan xushxabar davom etadi

Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida dzyudochilarimiz 3 ta medal olishdi

Osiyo o'yinlari. O'zbekistonlik erkin kurashchilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi