17.05.2019, 08:30

EPFL chempionlar ligasida o'zgartirishlarga qarshi chiqdi


Evropa professional futbol ligalari assotsiatsiyasi (EPFL) avvalroq chempionlar ligasida o'zgartirishlarni taklif qilgan Evropa klublari assotsiatsiyasining (ESA) g'oyasiga qarshi chiqdi.

"Evropa klublar musobaqalarida islohotlar o'tkazish taklifi bir nechta boy klular foydasiga ishlaydi, biroq ko'pchilik klublar va ligalarga zarar keltiradi degan fikrda qolamiz.

EPFL evrokuboklarda ham, ichki milliy chempionatlarda ham sport va moliyaviy barqarorlikni ta'minlaydigan o'zgarishlar ustida ishlamoqda.

UEFA klub musobaqalari loyihalariga o'zgartirishlar kiritish uchun hammasini noldan boshlashi kerak deb hisoblaymiz. UEFA barcha professional klublarning qiziqishlarini himoya qilish uchun boshqa tomonlar bilan kelishishi kerak", - deyiladi EPFL bayonotida.

Avvalroq "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli boshliq Evropa klublari assotsiatsiyasi (ESA) evrokuboklar uchun ichki chempionatlarda saralanish o'rniga Evropa futbol piramidasi tizimi - yuqori va quyi pog'onalardan iborat chempionlar ligasi tashkil qilishni taklif qilgan edi.

Shuningdek, chempionlar ligasi o'yinlari dam olish kunlariga, ichki chempionat o'yinlari hafta o'rtasiga ko'chirish g'oyasi ham ilgari surilgan.

Читайте также:

Yaponiyalik futbolchi — Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi

La liga prezidenti: "PSJ" va "Siti"ga o'xshagan klublar evrokuboklarda ishtirok etmasliklari kerak"

UEFA delegatlari FIFAning bugun bo'ladigan kengash yig'ilishini tark etishi mumkin

Grizmann Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

UEFA Superkubogida tarixda kuzatilmagan voqea yuz beradi