17.05.2019, 18:40

Eng yomon Sardorlar…

Futbol olamida jamoa sardorlarining tutgan o'rni beqiyosliga hech kimga sir emas. Jamoa sardori bog'ichini qo'liga taqqan futbolchi borki, qolganlardan ko'ra sovuqqonroq va jamoasini ortida ergashtira ola bilishi shart! Afsuski, sardorlik bog'ichini qo'lga taqqan futbolchinlarning hammasi ham, bunday hislatlarga ega bo'lavermaydi. Bugun ana shunday sardorlar haqida qisqacha…

Robin van Persi

Gollandiyalik futbolchi «Arsenal» tarbiyalanuvchisi bo'lsada, undan muxlislar xali hamon nafratlanishadi.
Fabregasning «Barselona»ga o'tib ketgach, Venger sardorlik bog'ichini Robinga topshiradi. Van Persie fantastik ikki mavsumni o'tkazadi va klub muxlislarining hurmatiga sazovar bo'ladi. Uning  kiritgan gollari Fergussoning e'tiborini tortadi va futbolchi uchun «qizil iblislar» 30 million evro taklif qilishdi. «Arsenal» bu shartga ko'nmadi biroq, futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va o'zini sotib yuborishlarini talab qilgani etmaginidek, «Manchester Yunated» klubiga o'tgach, o'zini yoshligidan «qizil iblislar» muxlisi ekanligini e'lon qildi. Uning bunday yo'l tutishini kutmagan «Arsenal» muxlislari jamoa sardorining ismi tushurilgan futbolkalarni yoqib yuborishni boshladilar. Eng achinarlisi, Robin atigi bir mavsum yuqori formada to'p surdi va Fergusson ketgach, uning natijalari keskin pasayib ketadi va futbolchi APLdan ketishgan majbur bo'ladi. Futbolchi 10 yildan ortiq «Arsenal» sharafini himoya qilgan bo'lsada, klub muxlilsari eng yomon ko'rgan sardor sifatida tarixda qoldi.

Leanardo Bonuchchi

2017-18 yilgi mavsum Leonardo uchun juda omadsiz  keldi. YChL finali boy berildi, klub ichki nozilar ostida qoldi, murabbiy bilan munosabatlar yomonlashdi…
 Bunday vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo'li sifatida Bonuchi ketishga qaror qildi va yangi homiy bilan katta yutuqlarni ko'zlayotgan «Milan» safiga o'tib ketdi. Uning yangi klubi futbolchini «A Seriya»da o'sha davrlarda eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirdi va Leo uchun qulaylik tug'dirish maqsadida «Milan» 3 ta himoyachi bilan harakatlana boshladi. Eng muhimi futbolchi o'zini yaxshi his qilishi uchun unga jamoa sardorligini topshirishadi. «Milan» tifozilari yangi futbolchidan ko'p narsa kutishgan edi, lekin hammasi birdaniga o'zgarib ketdi. Bonuchi «Milan»da to'p surishni istamadi va yana «Yuventus»ga qaytib bordi. Uning bu ishi «Milan» muxislarining g'azabini qo'zg'atgan bo'lsa, «Yuve» muxlislari uni sotqinga chiqarib qo'yishdi. Bechora Leo…

Denis Glushakov

Rossiyalik futbolchining klub strukturasi va transfer siyosatiga aralashgani etmaginidek, klubda tashviqot bilan shug'ullangani borasida paydo bo'lgan faktlar muxlislarning unga bo'lgan munosabatini keskin o'zgartirib yubordi. Bu ham etmagidek, uning telefon orqali murabbiy va futbolchilar to'grisida bildirgan fikrlari yozib olingan audio butun Rossiyaga tarqab ketdi va futbolchi hurmat va ehtiromga ega sardordan bir lahzaning o'zida nafratga uchragan futbolchiga aylanib qoldi. Uning instagramdagi akauntiga har kuni o'rtacha mingta negative habar kelsa, futbolchining o'zi tan soqchisiz ko'chaga chiqmaslikka urunmoqda. Afsuski, Denisning qing'ir ishlari uning boshiga etdi va klub uni yozda qanday qilib bo'lsada sotib yuborishga muxlislar oldida va'da berdi.

Mavzu bo'yicha:

Frenki de Yong: «EChLda «Barselona»ni mag'lub etishdan uyalmagan bo'lardim»

Rakitichga 4ta top-klub qiziqish bildirmoqda

O'zil Madridga qaytishi mumkin

Marselo: «Sardorlik bog'ichini Iskoga bermoqchi bo'ldim, biroq...»

«Bu jamoada borligimning o'zi bir baxt» – Pogba