15.01.2019, 21:00

Emeri O'zilni «Arsenal»dan ketkazib yubormoqchi


"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil jamoani tark etishi mumkin. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emeri germaniyalik futbolchi bilan til topisha olmayapti. Shu bois, ispaniyalik mutaxassis O'zilning qishki transfer paytida jamoadan ketishini istamoqda.

Tuttomercatoweb tarqatgan xabarga ko'ra, 30 yoshli futbolchi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Londonliklar rahbariyati A Seriyaning ikkita jamoasi — «Yuventus» va «Inter»ga O'zilning xizmatini taklif qildi. Ammo ushbu transferni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Boisi, mazkur klublar hozirda Mesut "Arsenal"da olayotgan maoshni to'lab berishga tayyor emaslar. Futbolchining "kanonirlar"dagi haftalik maoshi 350 ming funt sterlingni (391 ming evro) tashkil qiladi

Ma'lumot o'rnida. O'zil Angliya premer-ligasining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda qaydnomaga kiritilmadi. Bu bahsda londonliklar yutqazib qo'yishdi.

Mesutning "Arsenal" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt uning transferini 35 mln evroga baholagan. O'zil ushbu mavsumda 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.

Читайте также:

Denis Suares «Arsenal»ga o'tadi

Emeri O'zilni «Tottenxem»ga qarshi o'yinda nima uchun maydonga tushirmaganini tushuntirdi

Lyovni "Arsenal" bazasiga Emeri kiritmagan

O'zil Yoaxim Lyov bilan uchrashishdan bosh tortmoqda

O'zil qishda Turkiya klubiga o'tishi mumkin