Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 14:05
KirishRo'yxatdan o'tish
Eldor Shomurodovning «Rostov»dagi dastlabki maoshi qancha bo'lgani ma'lum bo'ldi
  18 Fevral, 17:50  56

.

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovning agenti Qahhor Mo'minov mijozining «Rostov»dagi ilk maoshi qancha bo'lganligini aytdi.

Mo'minovning so'zlariga ko'ra, Eldorga «Rostov»ga o'tishidan oldin Osiyoning bir qator boy chempionatlari, xususan, Qatar, Xitoy va BAAdan jiddiy takliflar bo'lgan va katta miqdordagi maoshlar taklif qilingan.

"Eldor Shomurodov dastlab «Rostov»da oyiga 10 ming dollar maosh olgan. Agar Qatarga ketganida dollarda millionlab maosh olishi mumkin edi, ya'ni o'n baravar ko'proq", — dedi Qahhor Mo'minov.

Taqqoslash uchun, Shomurodovning «Jenoa»dagi hozirgi maoshi yiliga 1,3 million evroni tashkil etadi. Genuyaliklar klubida faqat Milan Badel (1,4 million evro) Eldordan ko'proq maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2020 yilgi yozgi transfer oynasida «Rostov»dan genuyaliklar safiga yo'l oldi. Eldor «Jenoa» safida 16 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»