13.07.2019, 17:40

Eldor Shomurodov: "Karpin mashg'ulotlarda iboralarni ayamasdan qo'llaydi"


O'zbekiston milliy jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin va mavsum rejalari haqida gapirdi.

"Karpin suratiga chizgilar? Buni ikki og'iz so'z bilan bildirib bo'lmaydi. Albatta, Valeriy Georgievich murabbiy sifatida ba'zan talabchan va qattiqqo'l bo'lishi mumkin, biroq futbolchilar bilan juda ochiq muomala qiladi.

Mashg'ulot vaqtlarida iboralarni tortinmasdan qo'llaydi, bundan u yoki bu shogirdidan ko'ngli to'lmayotganini anglash mumkin. Ammo shaxsiy muloqotlarda u mutlaqo boshqacha: hamma bilan do'stona, barchaga do'stona munosabatda.

Hozircha rahbariyat bilan kelgusi yil uchun vazifalar haqida gaplashmadik. Shubhasiz, bizni Evropa ligasi zonasiga tushish vazifasi kutib turibdi. Buni uddalashga harkat qilamiz", - deydi Shomurodov.

Читайте также:

Eldor Shomurodov: «Ikkinchi golni urgan jamoa yutishini sezgandim»

Shomurodovga Osiyo klublaridan takliflar bor

«Rostov» murabbiyi: «Umid qilaman Shomurodov o'sishda davom etadi»

Eldor Shomurodov: «Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislardan minnatdormiz»

Eldor Shomurodov: "Ummon terma jamoasiga qarshi ham ruhan, ham jismonan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"