14.03.2019, 03:50

ELCh. Angliyaning 4ta jamoasi chorak finalga chiqdi


Evropa chempionlar ligasida nimchorak final bosqichi ortda qoldi. Musobaqaning chorak final bosqichiga Angliyaning birdaniga 4ta jamoasi yo'l oldi. Bunday hodisa so'nggi 10 yil ichida ilk marta sodir bo'ldi.

«Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Liverpul» klublari EChLda o'z yurishlarini davom ettiradigan bo'lishdi. So'nggi marta 2008/2009 yilgi mavsumda APLning 4ta klubi chorak finalga chiqqandi.

Bundan tashqari, turnirning chorak finalida Italiya («Yuventus»), Ispaniya («Barselona»), Portugaliya («Portu») va Gollandiyaning («Ayaks») bittadan klubi ishtirok etishadi.

Germaniya va Frantsiya klublari bu bosqichgacha etib kela olishmadi.

Читайте также:

Frantsiya kubogi. Chorak finalga qur'a tashlandi

Italiya kubogi. Chorak final juftliklari aniq bo'ldi

Frantsiya liga kubogi chorak finaliga qur'a tashlandi

EChLda. 1/8 finalga yo'l olgan va Evropa ligasida ishtirok etadigan barcha jamoalar

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum