12.10.2018, 16:00

Ektor Kuper: "Klubida zo'r o'ynagan futbolchi terma jamoaga mos kelmasigi mumkin"


13 oktyabr kuni soat 19:00da "Milliy" stadioniga O'zbekiston - KXDR uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston – KXDR o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'tkazilayotgan matbuot anjumanining birinchi qismida O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper hamda futbolchi Anzur Ismoilovlar ishtirok etishmoqda.

Ektor Kuper: Murabbiyning tanlovi borasida doim tushunmovchilik bo'lishi mumkin va bosh murabbiy o'z tanlovini asoslab berishga majbur emas.

Kimdir klubda zo'r o'ynashi mumkin, lekin terma jamoaning o'yin uslubiga mos kelmasa u o'yinchi foyda keltirmaydi. Shu narsani tushunishingizni istardim.

Shu kungacha o'ynagan o'yinchilar terma jamoaning asosi deya olmayman. Biz Osiyo kubogiga boradigan o'yinchilarni noyabr oyidagi yig'inda tanlab olamiz.

Men oylik bermayman balki ishim uchun oylik olaman. Federatsiya bilan hech qanday muammoyimiz yo'q. Shartnoma shartlari to'liq tartibda bajarilmoqda.

Shu bilan matbuot anjumanining birinchi qismi nihoyasiga etdi.

Читайте также:

Anzur Ismoilov: "Terma jamoamizda kayfiyat a'lo darajada"

Ektor Kuper: "Ertangi o'yinda yangi o'yinchilarni jamoa tarkibida ko'rasiz"

Ertaga «Milliy» stadionida O'zbekiston – KXDR o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Bugun soat 15:00da O'zbekiston - Eron uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi