13.08.2018, 12:30

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ 22 avgustdan boshlab Toshkentda yig'inga kirishadi


O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper dastlabki ishni futbolchilarni ko'zdan kechirishdan boshlash niyatida. 

Shu maqsadda Ektor Kuper uchun 22 avgustdan 1 sentyabrga qadar Toshkentda o'quv mashg'ulot yig'ini tashkil qilinadi. Yig'in boshida asosan milliy chempionatimizda to'p surayotgan futbolchilar ko'zdan kechirilsa, sentyabrga yaqin xorijda to'p surayotgan legioner futbolchilar ham yig'inga kelib qo'shilishadi. 

Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'zdan kechirish va O'zbekiston milliy terma jamoasi asosini shakllantirish uchun Ektor Kuper va uning yordamchilari reja asosida ish olib borishadi.

Shuningdek, xabar qilinganidek, O'zbekiston MTJ uchun Suriya, Shimoliy Koreya, Qatar kabi terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi. Mazkur o'yinlar orqali Kuper va uning yordamchilari O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib borishadi.

Читайте также:

Ektor Kuper o'zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi

Ektor Kuper nega O'zbekiston taklifiga rozi bo'lganini tushuntirdi

Ektor Kuper: «O'zbekistonga kelishimda Prezidentning ham o'rni katta bo'ldi»

Ektor Kuper: «Menga biroz vaqt kerak»

Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga etib keladi