04.12.2018, 10:50

Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi


Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadi. Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Vakillarimiz sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi.

Dekabr oyida milliy terma jamoamiz Turkiyada yana bir yig'in o'tkazadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi mazkur yig'indan keyin Osiyo Kubogiga yo'l oladigan futbolchilar borasida bir to'xtamga keladi. Turkiya yig'ini oldidan Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. 6 dekabr kuni soat 11:00da O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlari zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Matbuot anjumani davomida bosh murabbiy jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tadi. Matbuot anjumaniga yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilinadi.

 

Читайте также:

OAV diqqatiga: Ertaga “Milliy” stadionida O'zbekiston – Qatar o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Ertaga «Milliy» stadionida O'zbekiston – Qatar o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Ertaga «Milliy» stadionida O'zbekiston – KXDR o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Bugun soat 15:00da O'zbekiston - Eron uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi