04.08.2018, 21:10

Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga etib keladi


O'zbekiston milliy terma jamoasini argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper boshqarib borishini xabar qilingan edi.    Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi 6 avgust kuni tonggi soat 06:10da yurtimizga etib keladi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil qilinadi.    Shu kuni soat 15:00da Milliy Olimpiya qo'mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.   Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o'z rejalari bilan o'rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi.

Читайте также:

Ektor Kuperning O'zbekiston MTJga murabbiy bo'lishi jahon axborot olami nigohida

Hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalariga qabulning ikkinchi bosqichi boshlandi

Temur Kapadze: Ektor Kuperning shtabida bajonidil ishlagan bo'lardim

Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishda davom etishmoqda

El Klasiko «Milliy» stadionda namoyish qilinadi