10.05.2019, 09:00

EChL va Evropa ligasi finalchilarining barchasini ushbu mavsumda yutgan jamoa bor


Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasining ushbu mavsumida finalga chiqqan jamoalar nomi aniq bo'ldi. EChLning hal qiluvchi bahsi «Liverpul» va «Tottenxem» o'rtasida kechadi. Evropa ligasi finalidan o'rin olgan «Arsenal» – «Chelsi» uchrashuv 29 may kuni Bokuda o'tkaziladi.

Angliyaning «Vulverxempton» klubi mavsum davomida ushbu 4ta jamoani bir martadan mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.

APL, 15-tur. Vulverxempton – Chelsi – 2:1 (0:1)
APL, 20-tur. Tottenxem – Vulverxempton – 1:3 (1:0)
Angliya kubogi, 1/32 final. Vulverxempton – Liverpul – 2:1 (1:0)
APL, 31-tur. Vulverxempton – Arsenal – 3:1 (3:0)

APLning so'nggi turida «bo'rilar» «Liverpul» bilan to'qnash kelishadi. Yurgen Klopp jamoasi peshqadam «Manchester Siti»dan 1 ochko ortda qolgan holda, jadvalda 2-o'rinda bormoqda. «Vulverxempton» esa ushbu mavsumda 7-pog'onani egalladi. Klub bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu mavsumning eng yaxshi murabbiyi unvoni uchun 4 nafar da'vogar safiga kiritildi.

Читайте также:

«Uotford»da g'aroyib natija: hammasi — 50!

APL. 24-turning ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

APL. «Manchester Siti» - «Manchester Yunayted», «Arsenal» – «Vulverxempton» (tarkiblar)

Angliya Liga kubogi 3-bosqichi juftliklari aniq bo'ldi