Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 17:24
KirishRo'yxatdan o'tish
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasining mashg'uloti davom etmoqda FOTOREPORTAJ
  23 Fevral, 15:30  3

.

Rafgat Izmailov va Nellya Kiyamova murabbiyligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.

Terma jamoa asosini kattalar va yoshlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati yakunlari bo'yicha saralab olingan dzyudochilar tashkil etmoqda. O'zbekiston dzyudo federaciya qoshidagi zalda o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda asosiy etibor umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda sparring bahslariga qaratilmoqda. Ushbu yig'in Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beryapti.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ayollar terma jamoasining mashg'ulotini bevosita kuzatdi. Mashg'ulot yakunlanganidan keyin esa murabbiylar va dzyudochi-qizlarimiz bilan muloqotga kirishdi. 

Federaciya raisi birinchi navbatda dzyudochilarimizning muammolari bilan qiziqdi. CHunki, sportchi har qanday muammo va kamchiliklardan holi bo'lgan holatda musobaqaga tayyorgarlik ko'rishi lozim. Aks holda o'tkazilayotgan mashg'ulotlarning foydasi bo'lmaydi. SHuningdek, federaciya rahbari 5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi "Humo" arenada o'tkaziluvchi Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida to'liq tarkibda ishtirok etuvchi qizlarimizga g'alaba va omad tilab, bu musobaqa ularga o'zlarini ko'rsatishlari uchun yaxshigina imkoniyat ekanini urg'uladi. O'z o'rnida terma jamoamiz azolari ham berilayotgan etiborga javoban Toshkent "Katta Dubulg'a" turniri, yil davomida o'tkaziladigan boshqa musobaqalarda ham ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishlarini aytishdi.            





















Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»