11.07.2019, 18:40

Dzyudo bo'yicha Budapesht Gran-prisiga qur'a tashlandi


12-14 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa bo'lib o'tadi. Mazkur turnirda dunyoning 82 mamlakatidan 600 ga yaqin dzyudochilar musobaqaning oltin medali qatori Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi. Ma'lumot uchun, Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa g'olibi jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochkoga ega bo'ladi.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Biroz avval musobaqa oldidan matbuot-anjumani va qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qur'a natijasiga ko'ra, hamyurtlarimizning musobaqadagi ilk raqiblari bilan tinishing:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Kimran Borchashvili (Avstriya) / Karamat Xuseynov (Ozarbayjon)
-60 kg: Kemran Nurillaev – Temur Nozadze (Gruziya) / Gonsalo Mansino (Portugaliya)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Tal Almog (Argentina) / Ibrohim Aliev (Ozarbayjon)
-66 kg: Shahram Ahadov – Manuelb Shibel (Germaniya)
-73 Hikmatilloh To'raev – Eduardo Arauxo (Meksika) / Sulaymon Hamad (Saudiya Arabistoni)
-73 kg: G'iyosjon Boboev – Ahmad Alikaj (XDF)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Mazen Nanae (XDF)
-81 kg: Kamoliddin Rasulov – Yaromir Musil (Chexiya)
-90 kg: Davlat Bobonov – Kedyau Nxabali (Ukraina)
-90 kg: Yahyo Imomov – Beka Gviniashvili (Gruziya)
-100 kg: Sherali Jo'raev – Anton Savitskiy (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Matey Xayas (Slovakiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Liam Park (Avstraliya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Chishima Maeda (Yaponiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sara Rodrigez (Ispaniya)

*XDF – Xalqaro dzyudo federatsiyasi. Qochqin sportchilar yoki milliy federatsiyasining faoliyati vaqtincha to'xtatilgan mamlakat vakillari ushbu nom ostida ishtirok etishadi.

Читайте также:

Antalya Gran-prisining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi

Bugun 3 nafar dzyudochimiz Antalya Gran-prisida ishtirok etadi

Antalya Gran-prisiga qur'a tashlandi

Bugun Sharofiddin Lutfullaev o'z vaznida 1-raqamli dzyudochi sifatida bahsga kirishadi

O'zbekistonlik dzyudochilar Tel-Aviv Gran-Prisida ishtirok etishadi