24.01.2019, 00:20

«Dinamo» «Metallurg» va «Bunyodkor»ga qarshi o'ynaydi

Joriy mavsumga puxta hozirlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi 22 yanvar kunidan yangi mavsum doirasidagi 3-o'quv mashg'ulot yig'inini boshladi.

Oldinroq xabar berganimizdek, “Dinamo”chilar ikkinchi yig'in doirasida 5-18 yanvar kunlari Samarqandda mashg'ulotlarni o'tkazgan edi. 22 yanvardan navbatdagi tayyorgarlikka kirishgan vakillarimiz 24 yanvar kuni Toshkentga jo'nab ketishadi.

Tayyorgarlik rejasi doirasida 25 yanvar kuni dastlabki nazorat uchrashuvi poytaxtda Superliga vakili Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkaziladi. 26 yanvar kuni esa “Dinamo” Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi bahsga maydonga tushadi. Shuningdek, 31 yanvar kuni ham poytaxtda nazorat bahsi reja qilingan, raqib tez orada ma'lum bo'ladi.

Reja doirasidagi uchinchi yig'in 4 fevral kunigacha davom etib, so'ng tarkibdagi futbolchilarga yana ikki kun dam beriladi.

Mavzu bo'yicha:

«Mash'al» yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

«Dinamo» nazorat o'yinida «Sherdor»dan ustun keldi

«Dinamo» mashg'ulotlarni davom ettirmoqda

«Lokomotiv» Dubayda mashg'ulotlarga kirishdi

«Paxtakor»ning mavsumga tayyorgarlik rejasi aniq