17.05.2019, 12:20

De Yong "Barselona"dan nega norozi?


"Ayaks" futbolchisi Frenki de Yongning aytishicha , "Barselona" unga futbolkasiga familiyasining o'rniga ismini yozishni taklif qilgan.

"Futbolkada "Frenki" ismini yozish bo'yicha kelisha olmayapmiz. "Barselona" va "Nike" bu marketing bo'yicha foydali, omadli deb hisoblayapti. Ammo men bunga ishonmayapman. Menga futbolkamga "De Yong" deb yozish qulayroq", — dedi 22 yoshli futbolchi.

"Bundan tashqari, men 21 raqamni olishni istayman. Ammo bilaman, bu raqam band (Karles Alenya), shuning uchun hozircha qaysi raqamda o'ynashim ham noma'lum.

Iyulda "Barselona" bilan rasman shartnoma imzolayman. Ko'ramiz", — deya qo'shimcha qildi De Yong.

Читайте также:

Frenki de Yong: «EChLda «Barselona»ni mag'lub etishdan uyalmagan bo'lardim»

"Nike" nega "Barselona"ga de Yongni sotib olishga yordam bermoqchi?

Frenki de Yongning «Barselona»dagi maoshining bir qismini Nike to'lab beradi

Frenki De Yong: «PSJ yaxshi variant edi, biroq «Barselona» ...»

Frenki de Yong: «Barselona»da oddiy yo'lovchi bo'lmayman»