12.06.2019, 11:30

«Dalyan Ifan» Karraskoni narxini e'lon qildi


Xitoyning “Dalyan Ifan” klubi yarim himoyachi Yannik Karraskoni transfer narxini e'lon qildi.

Xitoy klubi belgiyalik futbolchini 25 mln funt sterlingga sotib yuborishga tayyor. Uning xizmatiga ayni damda “Arsenal” qiziqish bildirmoqda.

Qishki transferlar vaqtida “kanonirlar” Karraskoni sotib olmoqchi bo'lgan edi. Biroq kelishuv oxirigacha etmay qoldi.

Eslatib  o'tamiz, 25 yoshli futbolchi “Dalyan Ifan”ga 2018 yil “Atletiko”dan 30 mln evro evaziga o'tgan edi.

Читайте также:

Belgiyalik yulduz Evropaga qaytishi mumkin

Karraskoni APL klubiga tavsiya qilishdi

Xitoydan yana bir yulduz Evropaga qaytishi mumkin

«Atletiko» etakchisini sotishga tayyor

Karrasko jamoadoshini burnini sindirib qo'ydi