10.07.2019, 19:20

Chon Buridan xushxabar davom etadi

Ayni kunlarda Tailandning Chon Buri shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Bugun yosh klassik kurash ustalari bahsi yakunlandi.

E'tiborlisi, ushbu kun bahslarida gilamga chiqqan polvonlarimiz barcha turdagi medallardan terma jamoamiz g'aznasiga qo'shib qo'yishdi. Dastlab -60 kilogramm vazn toifasida Muhammadqodir Yusupov hamma raqiblarini mag'lub etib, qit'a chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, -67 kg vaznda Umidjon Axrorov bronza medali bilan taqdirlandi. Alijon Huseynov vazni 72 kilogrammgacha bo'lgan kurashchilar orasida finalgacha etib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Alijondan omad yuz o'girdi.

Shu tariqa, musobaqada yunon-rim kurashchilarimiz 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza, jami 5 ta medal jamg'arishdi.

Mavzu bo'yicha:

Klassik kurashchilarimiz Osiyo chempionatinini ikki medal bilan boshlashdi

Yunon-rim kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga chiroyli yakun yasab berishdi

Yunon-rim kurashi. O'zbekistonlik Osiyo chempionatida bugun 4ta medal qo'lga kiritishdi

Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida dzyudochilarimiz 3 ta medal olishdi

Erkin kurashchilarimiz Tallinda zafarli ishtirok etishdi