07.08.2018, 18:01

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda

Xabar berib o'tganimizdek, Chexiyaning Rechitse shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu jahon chempionatida 58ta mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishadi. Ertaga start oladigan bellashuvlarda yurtimiz sharafini Davrjon Davronov va Evgeniy Agofonovlar himoya qilishadi. Sportchilarimiz murabbiy Tolib Isaboev qo'l ostida bahslarga chiqishadi. Ayni paytda hamyurtlarimiz Chexiyada tayyorgarlikning eng so'nggi bosqichini olib bormoqdalar.

Qayd etib o'tish lozimki, har ikkala sportchimiz ham oktyabr oyida Argentinada bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadilar. Mazkur jahon chempionati eshkak eshuvchilarimiz uchun «kichik Olimpiada»ga o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi.

Bahslar 13 avgustga qadar davom etadi.

Mavzu bo'yicha:

Jahon chempionati rekordchisi faoliyatini yakunladi

O'zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqishga va'da berasizmi? Kuper javob berdi

«Ular yurt sha'nini himoya qiladilar». Velosport bo'yicha terma jamoamizning Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibi

«Ular yurt sha'nini himoya qiladilar». Sambochilarimizning Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibi

La liga. Yangi mavsum "El-klasiko"si oktyabrda bo'ladi (foto)