14.06.2019, 20:10

«Buxoro» - «Paxtakor». Prevyu


Superliganing 11-turida "Paxtakor" Buxoroda "Buxoro" mehmoni bo'ladi.

"Buxoro" yuqori ligada eng ko'p o'ynagan jamoalardan biri sanaladi. Shu sababli "Sherlar" mazkur klubga qarshi chempionatlar doirasida 54 bor maydonga tushishgan. Ularning 38tasida toshkentliklar zafar quchib, 9tasida durang o'ynagan. 7 bellashuvda buxoroliklarning qo'li baland kelgan. "Paxtakor" "Buxoro" darvozasini 117 bor ishg'ol qilib, 38 gol o'tkazib yuborgan.

Buxorodagi 27 bellashuvda "Paxtakor" 14 g'alaba, 7 durang va 7 mag'lubiyatni qayd etgan. Eng yirik g'alaba 2005 yil kuzatilgan. O'shanda "sherlar" raqib ustidan 8:0 hisobida g'alabaga erishishgan. O'tgan mavsum ikkinchi bosqichida jamoamiz mezbonlarni 6:2 hisobida dog'da qoldirgan.

"Buxoro" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv 16 iyun, yakshanba kuni "Buxoro" stadionida 20:00da boshlanadi.

Читайте также:

«Paxtakor» - AGMK. Prevyu

Prevyu. «Andijon» - «Paxtakor»

«Bunyodkor» – «Paxtakor». Prevyu

«Metallurg» - «Paxtakor». Prevyu

«Navbahor» – «Paxtakor». Prevyu