17.05.2019, 11:40

«Bunyodkor» akademiyasi «Istanbul cup»da ishtirok etish uchun Turkiyaga uchib ketdi


«Bunyodkor» akademiyasi jamoalari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi odatiy holga aylanib ulgurgan.

Kuni kecha Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi «Bunyodkor-2008» Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketdi. «Qaldirg'ochlar» bu shaharda ertadan start oladigan «Istanbul cup» turnirida ishtirok etadi. Tarbiyalanuvchilar «B» guruhidan joy olgan. Mazkur guruhdan «Bunyodkor-2008»dan tashqari Turkiyaning «Beshiktosh», «Altay» hamda «TSV Rosenheim» (Germaniya), «Ares» (Bolgariya) jamoalari joy olgan.

Aytish kerak, taqvimga ko'ra, jamoalar ertaning o'zida bir yo'la uchtadan o'yin o'tkazadi. «Bunyodkor-2008» avvaliga «TSV Rosenheim»ga qarshi o'ynasa, keyin «Ares» hamda «Beshiktosh» bilan hisob-kitob qiladi.

"Bunyodkor" Turkiyaga quyidagi tarkibda yo'l olgan:

Futbolchilar
1. Jahongir Xusanov
2. Fazliddin Sharofiddinov
3. Sarvar Mahmudjonov
4. Firdavs Mahmudjonov
5. Eldor Umarov
6. Javohir Orziqulov
7. Shohjahon Xudoyberdiev
8. Habibullo Abduvosilov
9. Muhammadrizo Sharifjonov
10. Otabek Jabborov
11. Muslim Abduqahhorov
12. Ibrohim Akbarov
13. Ulug'bekxo'ja Nosirov

Murabbiylar shtabi
Miraziz Mirzaahmedov
Ma'ruf Mahkamov
Dilshod Hasanov

Читайте также:

«Bunyodkor»: Akademiya jamoamiz Turkiyada

Bolalar Ligasi. 2-tur. «Bunyodkor»ning natijalari

«Bunyodkor»ning ikki klubi Qozog'istonda xalqaro musobaqada ishtirok etdi

Pro liga «B» guruhiga qur'a tashlandi

Futzal: Mamlakat chempionati taqvimida kichik o'zgarish ro'y berdi