12.03.2019, 18:40

«Bunyodkor-2» Pro ligada ishtirok etadi


Bugun PFL majlislar zalida Pro liga va PFL Kubogi musobaqasida qatnashadigan jamoalar rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Avval aytilganidek, bu yildan Pro liga ikki guruhga ajratiladi. «A» guruhi ishtirokchilari Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Tabiiyki, bu guruhda qatnashadigan jamoalarga talablar yuqori bo'ladi. «B» guruh ishtirokchilariga esa, minimum talablar qo'yilgan.

PFL bir jamoaga Pro liga «A» guruhiga imtiyozli yo'llanma taqdim qilish maqsadida bu yildan PFL Kubogini o'tkazadi. Musobaqada g'olib chiqqan klub «A» guruhi ishtirokchilariga qo'yilgan talablarni bajarmasada, 2019 yilgi mavsumni Pro liga «A» guruhida o'tkazadi.

Pro liga «B» guruhida esa, PFLning minimum talablarini bajargan hamda PFL Kubogida ishtirok etgan klublar (chempiondan tashqari) qatnashadi.

Aytish kerak, «Bunyodkor-2» Murod Otajonov murabbiyligida Pro liga «B» guruhida ishtirok etadi. Bundan tashqari, PFL Kubogida ham qatnashadi.

Quyida barcha musobaqa ishtirokchilari va formati bilan tanishtiramiz.

Pro liga «A» guruhi ishtirokchilari, jami 8ta: «Mash'al», «Neftchi», «Sho'rtan», «Istiqlol», «Sherdor», «Xorazm», «Orol» va PFL Kubogi g'olibi.

«A» guruhi jamoalari 4 davrali, uy-safar tizimida Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

PFL Kubogi. Ishtirokchilar soni 8ta: «Lokomotiv-BFK», «G'ijduvon», «Zomin», «Iftixor», «Oq-tepa», «Yangier». «Bunyodkor-2» va «Rubin» konkrusdan tashqari. Ya'ni, bu ikki klubning har qanday natijasi inobatga olinmaydi. G'olib Pro liga «A» guruhi yo'llanmani qo'lga kiritadi. Qolgan 7 jamoa «B» guruhiga yo'l oladi. O'yinlar olimpiya tizimida o'tkaziladi.

Pro liga «B» guruhi ishtirokchilari, jami 14ta: «Andijon-2», «Rash-Milk», «Zarbuloq», «Ittifoq-Navoiy», «R.Madaminov», «Turon». «Zarangar» va «Ittifoq-Buxoro» o'zaro pley-off o'yinini o'tkazadi. G'olib «B» guruhdan joy oladi. Yana 7 jamoa PFL Kubogi ishtirokchilari bo'ladi.

«B» guruhi jamoalari 2 davrali, uy-safar tizimida maydonga tushishadi.

Pro ligada o'yinlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, «Bunyodkor-2» so'nggi marta 2015 yilgi mavsumda O'zbekiston Birinchiligida (1-liga) ishtirok etgan edi

Читайте также:

Pro-ligada 33-tur o'yinlarining vaqti belgilandi

Pro-liga. «A» guruhi 29-tur uchrashuvlari yakunlandi

Pro-liga 27-tur o'yinlari boshlanish vaqti belgilandi

Pro-liga A guruhi 26-tur o'yinlarining boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi

Pro-liga 20-tur o'yinlarining boshlanish vaqti belgilandi