26.09.2018, 11:00

Bugun Toshkentdagi «International» mehmonxonasida OFK Ijroqo'mining yig'ilishi bo'lib o'tadi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning Rossiyadagi Jahon chempionati paytidagi uchrashuvlari chog'ida OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishini Toshkentda o'tkazish uchun kelishib olishgan edi.   Shu munosabat bilan 24-25 sentyabr kunlari FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari, xususan OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa hamda Bosh kotib Dato Vindsor Jon boshchiligidagi delegatsiya a'zolari poytaxtimizga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik.   Bugun poytaxtimiz o'zbek futboli tarixida birinchi marotaba bunday tadbirga mezbonlik qilmoqda. OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi aynan yurtimizda o'tkazilishi, OFK hamda O'FA o'rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo'lida navbatdagi qadam vazifasini o'tab berishi shubhasiz.   OFK Ijroqo'mining yig'ilishi Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida bugun soat 15:00 da boshlanadi.

Читайте также:

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyurdi

O'zbekiston delegatsiyasi Madriddagi Butunjahon futbol sammitida ishtirok etmoqda

OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi munosabati bilan Toshkentga martabali mehmonlar tashrif buyurishmoqda

Andijonda mini-futbol maydonchasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi